Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyovning ish uslubi «Real» prezidenti Florentino Peresga har tomonlama ma’qul kelmoqda.
Agar qirollik klubi ustozi Zinedin Zidan iste’foga chiqarilsa, nemis mutaxassisi uning o‘rnini egallashi mumkin.
Kun nashri xabariga ko‘ra, «Real» Chempionlar Ligasida muvaffaqiyat qozonmasa, Zidan iste’foga chiqariladi. Peres esa uning o‘rniga Lyovni taklif qiladi.
Agar bundestim ustozi «Real»da ishlashni istamasa, bosh murabbiylikka Massimiliano Allegri («Yuventus»), Maurisio Pochettino («Tottenhem»), Yurgen Klopp («Liverpul»), Mauritsio Sarri («Napoli») yoki «Real»ning yoshlar jamoasidan Guti taklif qilinishi mumkin.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida «Real» turnir jadvali peshqadami «Barselona»dan 19 ochko ortda qolib, 4-o‘rinda bormoqda. Madridliklar jamoasi Ispaniya kubogini ham chorak final bosqichida «Leganes»ga yutqazib tark etdi. Chempionlar ligasi nimchorak finalida esa «Real»ni «PSJ»ga qarshi 2 o‘yin kutmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi