23:15 / 13.02.2018
3 998

«Real» «PSJ»ni YeChLdan chiqarib yubora oladimi?

«Real» «PSJ»ni YeChLdan chiqarib yubora oladimi?
Myunxenning “Bavariya” klubi bosh murabbiysi Yupp Xaynkes “Real” va “PSJ” uchrashuvida “qirollik klubi”ning imkoniyatlari yuqori ekanligini aytdi.

“Real” klubidagi pasayishni to‘g‘ri tushunish kerak. Chunki “Real” o‘tgan mavsumni fantastik tarzda o‘tkazdi.

Jamoaning kuchsizlanganiga sabab – ular yozda bir nechta yetakchi futbolchilarini ketma–ket sotib yuborishdi.

Masalan, Pepe, Morata va Xameslar shular jumlasidan. Balki bu klub sarmoyasini tejash uchun ham amalga oshirilgan bo‘lishi mumkin.

Madridliklar top futbolchi sotib olishmadi va tarkiblaridagi yosh futbolchilarni ketganlarning o‘rnini bosadi, deya o‘ylashdi. Bunday vaziyatlarda bir xillikni ushlab turish kerak edi, ammo ular boshqacha yo‘l tutishdi.

Lekin bu gapim bilan “Real”ni YeChLdan chiqarib yuborayotganim yo‘q. Chunki, “PSJ” jamoasida hali YeChLda o‘ynash uchun yetarlicha tajriba yo‘q. Eslasangiz agar o‘tgan mavsum “Barselona” “PSJ”ni qanday ahvolga solgandi?

Menimcha, “Real” “PSJ”ni musobaqadan chiqarib yuboradi”, - deydi Xaynkes.

Ma’lumot o‘rnida, “Real” – “PSJ” uchrashuvi 15 fevral kuni Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:45 da boshlanadi.

Manba: www.interfutbol.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» «PSJ»ni YeChLdan chiqarib yubora oladimi?