22:05 / 24.02.2018
4 519

Rossiyada yana bir o‘zbekistonlik futbolchi paydo bo‘ldi

Rossiyada yana bir o‘zbekistonlik futbolchi paydo bo‘ldi
Toshkentning “Bunyodkor” klubida to‘p surib kelgan hujumkor yarimhimoyachi Dostonbek Hamdamov Rossiyaning “Anji” klubi safiga o‘tmoqda. Futbolchi bugun bo‘lib o‘tgan jamoaning nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Gap shundaki, Turkiyada yig‘in o‘tkazayotgan Maxachqal’a klubi ayni vaqtda Belarusning “Slusk” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvi (1:0, tanaffus) o‘tkazmoqda. “Anji”ning YouTube‘dagi jonli efirlar kanalida berilayotgan videoda Hamdamov jamoa tarkibida harakat qilganini ko‘rishimiz mumkin. U 7-raqam ostida harakat qildi.

Quyida “Anji” - “Slusk” uchrashuvi ikkinchi bo‘limini tomosha qilishingiz mumkin.

https://youtu.be/4Uh0Q8v-ogM

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rossiyada yana bir o‘zbekistonlik futbolchi paydo bo‘ldi