Jo‘rabek Karimov Meksikadagi tennis turnirining juftligida chorak finalga chiqdi

  • 28 noyabr 2015, 00:23
  • 3 911
  • Sport
  • O‘zbekistonlik tennischi Jo‘rabek Karimov Meksikaning Mexiko shahrida davom etayotgan turnirning juftliklar musobaqasida ham chorak finalga yo‘llanma oldi, deb xabar qiladi «Olamsport».

    Jo‘rabek Karimov Meksikadagi tennis turnirining juftligida chorak finalga chiqdi

    Rossiyalik Aleksey Aleshchev bilan to‘rtinchi raqamli juftlikni hosil qilgan Jo‘rabek ikkinchi davra uchrashuvida xitoylik Yi Bing Vu hamda Xitoy taypeyilik Ray Xo tandemini 7:6(4), 4:6, tay-brekda 10:7 hisobida taslim etdi. Ularning yarim final yo‘lidagi raqiblari turkiyalik Ergi Kirkin va avstraliyalik Aleksey Popirin bo‘ladi.

    Eslatib o‘tamiz, Jo‘rabek Karimov Mexikodagi turnirning yakkalik bahslarida ham chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.


    Manba: Daryo.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jo‘rabek Karimov Meksikadagi tennis turnirining juftligida chorak finalga chiqdi