21:03 / 04.05.2018
3 815

Umid Ahmadjonov: "Guruhimizga kuchli raqiblar tushishini xohlayman"

Умид Аҳмаджонов: "Гуруҳимизга кучли рақиблар тушишини хоҳлайман"
Osiyo Kubogi-2019 qur’a tashlash marosimida O‘zbekistondan ham vakillar ishtirok etmoqda.
Jumladan, O‘FA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov, O‘FA bosh kotibi Sardor Rahmatullayev, U-23 terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov hamda milliy terma jamoamizning eng mohir o‘yinchilaridan biri Server Jeparov shu yerda.

Biz fursatdan foydalanib, O‘FA vitse-prezidenti Umid Ahmadjonovni suhbatga tortdik, deb yozadi championat.asia nashri. Umid Mahamadjonovich qur’a oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- "Avvalo shuni aytishim kerak, Osiyo Kubogi juda muhim musobaqa hisoblanadi va bu turnirda terma jamoamiz oldiga yuqori maqsadlar qo‘yiladi. Eng katta niyatimiz esa bu 2022 yilgi jahon chempionatiga chiqish, bu haqda ko‘p gapirganmiz va doim takrorlashga tayyorman".

- "Qur’adan nima kutyapman? To‘g‘risini aytsam, birinchi navbatda kuchli raqiblar tushishini. Nima uchun? Chunki qancha kuchli jamoalar bilan o‘ynasak o‘yinimiz shunchalik shakllanib boraveradi. Shu bois men guruhimizga kuchli jamoalar tushishini xohlayman".

- "Shu o‘rinda taxmin qiladigan bo‘lsam, guruhimiz BAA, O‘zbekiston, Ummon va KXDR bo‘lgani ma’qul deb o‘ylayman. Lekin hammasini qur’a ko‘rsatadi. Nima bo‘lganda ham, maqsadimiz Osiyo Kubogi finaliga chiqish hisoblanadi", - deydi Umid Ahmadjonov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Umid Ahmadjonov: "Guruhimizga kuchli raqiblar tushishini xohlayman"