17:27 / 16.06.2018
3 841

Neymar: "Men dunyoning eng yaxshi futbolchisiman. Messi va Ronaldu boshqa sayyoradan"

Неймар: "Мен дунёнинг энг яхши футболчисиман. Месси ва Роналду бошқа сайёрадан"
Braziliya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Neymar portugaliyalik Krishtianu Ronaldu va argentinalik Lionel Messi haqida fikr bildirib o‘tdi.

«Boshqa futbolchilardan ustun bo‘lgan ikkita o‘yinchi bor bu – Messi va Ronaldu. Barcha kamtarinliklarim bilan aytishim mumkinki, dunyoning eng yaxshi futbolchisi menman, chunki Krishtianu va Lionel boshqa sayyora vakillari.

Ochig‘ini aytganda esa men dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo‘lgim kelmayapti. Men jahon chempionatida g‘alaba qozonmoqchiman. Ushbu sovrin meni, oilamni va vatanimni juda ham xursand qilgan bo‘lar edi», - deydi Neymar Goal nashriga.

Guruh bosqichida Braziliya Shveysariya, Serbiya va Kosta-Rika bilan kuch sinashadi.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Neymar: "Men dunyoning eng yaxshi futbolchisiman. Messi va Ronaldu boshqa sayyoradan"