19:43 / 17.06.2018
3 444

Kapello: "Messi Ronaldudan kuchliroq, ammo unga Argentina terma jamoasi yordam bermayapti"

Капелло: "Месси Роналдудан кучлироқ, аммо унга Аргентина терма жамоаси ёрдам бермаяпти"
Italiyalik mashhur mutaxassis Fabio Kapello kecha bo‘lib o‘tgan Argentina hamda Islandiya (1:1) terma jamoalari o‘rtasidagi bahsda Lionel Messining ko‘rsatgan o‘yini haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Messi Ronalduning xet-trigidan keyin bosim ostida qoldi. Krishtianu bu safar ko‘proq narsaga erishishni xohladi. U oldin jahon chempionatlarida bu qadar ko‘p gol urmagan edi. Kecha Argentina terma jamoasining yarim himoyasi yomon o‘ynadi. Har safar Messiga to‘pni uzatish uchun maydon markazida qiyinchilikka duch keldi. Messi Ronaldudan ko‘ra ko‘proq narsaga qodir deb o‘ylayman, ammo argentinalik futbolchilar unga yordam berishmayapti”, - deydi Kapello.

Eslatib o‘tamiz, Messi o‘sha bahsda Islandiya darvozasi tomon belgilangan penaltidan unumli foydalana olmagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kapello: "Messi Ronaldudan kuchliroq, ammo unga Argentina terma jamoasi yordam bermayapti"