Portugaliya terma jamoasi yetakchisi 15 iyun kuni Ispaniyaga qarshi o‘yinda soatiga 38,6 kilometr tezlikka erishgan. Germaniyaning «One» kanali taqdim etgan bu ma’lumot hozircha rasman tasdig‘ini topgani yo‘q.
Ayni paytda rasmiy rekord Ronalduning «Real»dagi hamkasbi, 36,9 km/soat tezlikda yugurgan Garet Beylga tegishli.
Hozir yangi rekordning rasman tasdiqlanishi kutilyapti. FIFA rasmiy statistikasida esa portugal futbolchisining bu o‘yindagi eng yuqori tezligi 34 km/soat deb qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya va Ispaniya o‘rtasidagi o‘yin 3:3 hisobi bilan tugagan va Krishtianu Ronaldu jahon chempionatlaridagi o‘zining ilk xet-trigini nishonlagandi.
P.S. Darvoqe, dunyoning eng zo‘r sprinteri — Useyn Boltning o‘rtacha maksimal tezligi 44,72 km/soatni tashkil etadi. Sakkiz karra olimpiya chempioni faoliyatini yakunlab, o‘zini futbolda sinab ko‘ryapti, ayni paytda yamaykalik Norvegiyaning «Stremsgodset» futbol klubi tarkibida o‘yin o‘tkazishga ulgurgan. Balki bu rekord ham yangilanib qolar...
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi