O‘zbek futbolida ampluasini o‘zgartirgan futbolchilar juda ko‘p. Kim uchundir bu foydali bo‘lgan, kim uchundir esa yo‘q. Aytaylik Temur Kapadze faoliyatini hujumda boshlagan, ammo tayanch yarim himoyasida o‘z o‘rniga ega bo‘ldi. Sherzod Karimov esa hujum ortida juda katta umid uyg‘otgan edi, ammo qanotga o‘tdiyu, Oliy liganing o‘rtamiyona futbolchisiga aylandi, qoldi.
"Nasaf" futbolchisi Odil Hamrobekovni esa biz tayanch yarim himoyasidagi o‘yini bilan tanidik. Aynan shu chiziqda u chempionatning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. Ammo "Nasaf"da og‘ir kunlar boshlangan edi, Odilning ham ampluasi o‘zgarishiga to‘g‘ri keldi. Endi u markaziy himoyada ham o‘ynayapti. Xo‘sh, bu yaxshimi?
Futbolchi universal bo‘lgani juda yaxshi. Bunday futbolchi murabbiy uchun haqiqiy topilma. Ammo bir gap, shaxsiy fikr, agar Odil markaziy himoyada qolib ketsa, futbolimiz uchun katta yo‘qotish bo‘lardi. Nima uchun? Chunki Hamrobekovda ko‘pchilikda bo‘lmagan bir iqtidor bor - uzatmalar aniqligi bo‘yicha unga teng keladigani yurtimizda juda kam. Bu esa hujumlarni boshlashda juda qo‘l keladi. Bejizga Odil Hamrobekov Xitoyda bo‘lib o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining eng yaxshi futbolchisi bo‘lmagan edi.
Shunday ekan, bir qarorga kelishimiz lozim - bizga yana bir o‘rtamiyona markaziy himoyachi kerakmi yoki tayanch yarim himoyasidagi yetakchi?
Abdulloh
Manba: www.uff.uz “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi