06:30 / 15.09.2018
3 378

Arveladze Namangandagi stadion haqida: “Bunday yomon holatdagi maydon hech qayerda yoʻq”

Арвеладзе Намангандаги стадион ҳақида: "Бундай ёмон ҳолатдаги майдон ҳеч қаерда йўқ"
Pepsi Superliga 23-turidan oʻrin olgan “Navbahor” - “Paxtakor” (3:3) uchrashuvidan soʻng “sherlar” ustozi Shota Arveladze uchrashuv borasidagi oʻz fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.

"Bunday yomon holatdagi maydon hech qayerda yoʻq. Superligada sharoitlar shunga yarasha boʻlishi lozim. Bu qadar yomon maydonda oʻynash uyat. Biz ikki bor hisobda oldinga chiqdik, ammo toʻp oʻtkazib yubordik.

Maydon futbol oʻynashga xalal bermoqda. Hammaga - bizga, raqibga, futbolchilarga yaxshiroq oʻynashga. Hech kimni ayblashni istamayman.

Biz koʻplab vaziyatlardan foydalana olmadik. Darvozabonlar jamoani qutqarish uchun oʻz joylarida turishadi. Olti gol va stadiondagi muhit sababli oʻyin ajoyib kechdi. Hamma uchrashuvlar shunday saviyada oʻtishiga umid qilaman", - dedi gruziyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Arveladze Namangandagi stadion haqida: “Bunday yomon holatdagi maydon hech qayerda yoʻq”