2 752
Batkenda Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekiston klublari oʻrtasida “Fargʻona vodiysi kubogi” oʻtkaziladi
Osiyo qitʼasida futbol yildan-yilga jadallik bilan rivojlanib bormoqda. Borgan sayin qitʼa klublar oʻrtasidagi turnirlari va qolaversa Osiyo kubogi ishtirokchilari geografiyasi kengayib bormoqda. Bu esa Osiyoning barcha mamlakatlarida ham qoʻshni davlatlar futboliga boʻlgan eʼtibor ortishiga xizmat qilmoqda.
Shu oʻrinda joriy yilning 9-11 oktyabr kunlari Qirgʻiziston Respublikasining Batken shahrida qoʻshni davlatlar oʻrtasidagi aloqalarni sport orqali ham yanada mustahkamlash maqsadida ilk marta “Fargʻona vodiysi kubogi” boʻlib oʻtadi. Unda Tojikistonning “Xoʻjand”, Qirgʻizistonning “Oloy” va Batken viloyati terma jamoasi, shuningdek, Oʻzbekistonning “Neftchi” klublari ishtirok etishadi. Uchrashuvlar Batken shahridagi “Markaziy” stadionda boʻlib oʻtadi. Musobaqada asosiy jamoalar bilan birgalikda shuningdek, ushbu klublarning 12 yoshgacha boʻlgan tarbiyalanuvchilari ham oʻzaro gʻoliblik uchun kurash olib borishadi.
Taʼkidlash joiz, kelasi yillardan anʼanaviy tarzda oʻtkaziluvchi mazkur musobaqada yanada koʻproq ishtirokchilar qatnashishi koʻzda tutilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi