O‘zbekiston Professional futbol ligasi mavsum boshidan buyon oyning eng yaxshilarini aniqlash uchun o‘tkazib kelayotgan so‘rovnomasini davom ettiradi.
Mazkur so‘rovnomada PEPSI Superliganing 12 ta klubi bosh murabbiylari va sardorlari ishtirok etdi. Muxlislar ovozi esa PFL rasmiy sayti (www.PFL.uz)da o‘tkazilgan so‘rovnoma orqali qabul qilindi.
Ortda qolgan sentyabr oyida PEPSI Superligada 23-24-tur uchrashuvlari, shuningdek, O‘zbekiston kubogi-2018 chorak final hamda yarim final o‘yinlari o‘tkazildi. Mazkur uchrashuvlar davomida bir qator futbolchilar ajoyib o‘yin namoyish etib, muxlis-u mutaxassislar olqishlariga sazovor bo‘ldi. Qolaversa, jamoalariga muhim ochkolarni qo‘lga kiritishda ko‘mak berishdi.
So‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, o‘tgan oyda 4 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 marta raqiblari darvozasini ishg‘ol etgan va 1 ta assistga mualliflik qilgan “Paxtakor” jamoasi a’zosi – Tiago Bezerra eng ko‘p ovoz to‘pladi va sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deya e’tirof etildi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda