Futbol qoidalarini tartibga solish bilan shug‘ullanuvchi Xalqaro futbol uyushmalari kengashi (IFAB) bir qator o‘zgarishlarni joriy qilishni rejalashtirmoqda.
Xususan, o‘yin vaqtini atayin cho‘zishni oldini olish uchun, hakam tomonidan qo‘shib berilgan daqiqalarda futbolchi almashtirish taqiqlanishi mumkin. IFAB tomonidan o‘tkazilgan tahlilga ko‘ra, APL doirasidagi o‘yinlarda taxminan 5% o‘zgarish aynan qo‘shib berilgan daqiqalarda amalga oshirilmoqda.
Bundan tashqari, maydonni tark etayotgan futbolchi faqat texnik hududdan emas, balki eng yaqin joydan chiqib ketishi belgilanishi mumkin.
Yana bir yangilik - sariq va qizil kartalar nafaqat futbolchilarga, balki klubning boshqa a’zolariga ham ko‘rsatilishi mumkin.
Darvozabon esa to‘pni o‘yinga kiritganida, jarima maydoni ichidagi jamoadoshiga ham oshirishiga ruxsat berilishi mumkin (hozir faqat jarima maydoni tashqarisidagi futbolchiga oshirishga ruxsat berilgan).
2019 yil mart oyida IFAB tomonidan o‘tkaziladigan yillik anjumanda bu o‘zgarishlar muhokama qilinadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi