10:37 / 08.11.2018
3 101

«Real» Plzenda «Viktoriya» darvozasiga 5 ta gol urdi

«Real» Plzenda «Viktoriya» darvozasiga 5 ta gol urdi
Yevropa Chempionlar Ligasi 4-turidan o‘rin olgan «Viktoriya» Plzen – «Real» Madrid uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. «Doosan-Arena»da bo‘lib o‘tgan bahsda madridliklar yirik hisobdagi g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuvni mezbonlar faol boshlashdi va raqib jarima maydoni atrofida ikkita xavfli vaziyat yarata olishdi. Biroq shundan so‘ng tashabbus butkul ispan futbolchilari tomoniga o‘tib ketdi.

21-daqiqada Karim Benzema bir nechta himoyachini aldab o‘tib, chap qanotdan raqib jarima maydoniga yorib kirdi va darvozabonning oyoqlari orasidan to‘pni darvozaga aniyo‘naltirdi. Plzenliklar o‘zlariga kelib ulgurmasdan ikkinchi golni o‘tkazib yuborishdi: burchakdan uzatib berilgan to‘pni Kazemiro boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi.

37-daqiqada madridliklar uchinchi golni urishdi: standart vaziyatdan so‘ng to‘p jarima maydoniga uzatib berildi, u yerda Garet Beyl to‘pni boshi bilan qulay tarzda Benzemaga tashlab berdi, fransiyalik hujumchi bu safar ham o‘z imkoniyatini ko‘kka sovurmadi. Oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas hisob yanada yiriklashdi: bu safar endi Benzema o‘sha ko‘rinishda to‘pni Beylga uzatdi, Garet esa yaqin masofadan darvozani aniq nishonga oldi va jamoasining to‘rtinchi golini urdi.

67-daqiqada mehmonlar qarshi hujumni golga aylantirishdi: maydon markazida to‘pni qabul qilib olgan Vinisius Junior tezlikda raqib jarima maydoniga yaqinlashib bordi va to‘pni Toni Kroosga uzatdi, nemis futbolchisi to‘pni yuqori to‘qqizlik burchakka joylab qo‘ydi.

Shu tariqa, chexlar YeChL pley-off yo‘lanmasidan rasman mahrum bo‘ldilar.

Guruhdagi vaziyat bilan tanishing: 1.«Real» (9); 2. «Roma» (9); 3. «SSKA» (4); 4. «Viktoriya» (1).

YeChL, 4-tur

Viktoriya Plzen Chexiya – Real Madrid Ispaniya 0:5 (0:4, 0:1)
Gollar:
0:1 – 20 Benzema, 0:2 – 23 Kazemiro, 0:3 – 37 Benzema, 0:4 – 40 Beyl, 0:5 – 67 Kroos.

Viktoriya Plzen – Grushka, Gubnik, Geyda, Limberski, Gavel (Petrjela, 38), Chermak (Gorshava, 61), Proxazka, Kopits, Groshovski, Rjeznik, Xorы (Rjeznichek, 80).

Real Madrid – Kurtua, Nacho, Regilon, Odriosola, Ramos (Xaver Sanches, 59), Kazemiro, Kroos (Isko, 73), Sebalos, Vaskes, Beyl, Benzema (Vinisius Junior, 62).
Ogohlantirish: Nacho (53).

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Real» Plzenda «Viktoriya» darvozasiga 5 ta gol urdi