18:46 / 08.11.2018
3 784

"Paxtakor" Odil Ahmedovni qaytarmoqchi

"Paxtakor" Odil Ahmedovni qaytarmoqchi
Kelasi yili OChLda jiddiy maqsadlarni ko‘zlayotganlar «sherlar» o‘z tarkibini keskin kuchaytirish harakatida. Jamoa bu borada seleksiya ishlarini boshlab yuborgan, deb yozmoqda Olamsport nashri.

SA xodimi Shahboz Beg‘amovning xabar berishicha, jamoa Xitoy chempioniga aylangan Odil Ahmedov, «Qo‘qon-1912» safida javlon urayotgan Javohir Sidiqov singari sobiq futbolchilarini ortga qaytarishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda «Paxtakor» ushbu sobiq futbolchilari xizmatiga jiddiy qiziqmoqda.

Shuningdek, «Paxtakor»ning qishki transferlar short-listida «Lokomotiv» a’zolari — markaziy himoyachi Anzur Ismoilov va o‘ng qanot himoyachisi Shuhrat Muhammadiyev ham o‘rin olgan.

Eslatib o‘tamiz, yaqindagina jamoa murabbiyi Jasur Abduraimov «Navbahor»ga qarshi o‘yindan keyin jamoa qishda sobiq futbolchilarni ortga qaytarishi mumkinligini ta’kidlagandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Paxtakor" Odil Ahmedovni qaytarmoqchi