20:15 / 09.11.2018
3 282

«Qo‘qon-1912» Olmaliqda g‘alaba qozondi, «Neftchi» esa jizzaxliklarga yutqazib qo‘ydi

«Qo‘qon-1912» Olmaliqda g‘alaba qozondi, «Neftchi» esa jizzaxliklarga yutqazib qo‘ydi
O‘zbekiston chempionatining 30-turidan o‘rin olgan «AGMK» – «Qo‘qon-1912» uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. Olmaliqdagi stadionda bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlar irodali g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Uchrashuv debyutidayoq mezbonlar hisobni ochishdi: Muzaffarjon Muzaffarov uzoq masofadan darvozani aniq nishonga olib chiroyli golga muallif bo‘ldi.

Ikkinchi bo‘lim debyuti mehmonlarga omadli keldi: Murod Xolmuhammedov tomonidan oshirib berilgan to‘pni Oybek Rustamov boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo‘llab hisobni tenglashtirdi.

Ushbu goldan so‘ng mezbonlar faollikni oshirishdi va raqib darvozasi oldida bir nechta xafli hujumlar sodir etildi. Ammo qo‘qonliklar qarshi hujumda mezbonlarni jazolashdi. Bexruz Sadilloyev chap qanotdan uzatilgan to‘pga to‘xtatmasdan zarba berib, jamoasining ikkinchi golini urdi.

82-daqiqada «Qo‘qon-1912» futbolchilari yana qarshi hujumdan unumli foydalanishdi: Suxrob Berdiyev maydon markazidan tezlik olib jarima maydoniga kirib bordi va darvozani aniq nishonga oldi.

Parallel kechgan bahsda «Neftchi» o‘zida «So‘g‘diyona»ni qabul qildi. Unda mehmonlar so‘nggi daqiqalarda gol urib g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Pepsi Supreliga, 30-tur

«AGMK» – «Qo‘qon-1912» 1:3 (1:0, 0:3)
Gollar:
1:0 – 2 Muzaffarov, 1:1 – 50 Rustamov, 1:2 – Sadilloyev, 1:3 – 82 Berdiyev.

«AGMK»: Roman Abdulov, Azamat Isroilov, Muzaffar Muzaffarov, Jasur Hasanov, Lutfulla To‘rayev (Zafar Polvonov, 68), Vladimir Bubanya, Kamoliddin Murzoyev, Vladislav Kasminin, Yovan Jokich, Jamshid Hasanov (Zohir Pirimov, 52), Alisher Samatov (Shoxnazar Norbekov, 78).

«Qo‘qon-1912»: O‘tkir Yusupov, G‘iyos Komilov, Javohir Sidiqov, Oybek Rustamov, Suhrob Berdiyev (Nosirbek Otaqo‘ziyev, 90+2), Murod Xolmuhammedov, Aleksandr Merzlyakov, Darko Gojkovich, Marko Milich, Iqbol Malikjonov, Muhammadanas Hasanov (Behruz Sa’dilloyev, 61)

«Neftchi» – «So‘g‘diyona» 0:1 (0:0, 0:1)
Gol:
0:1 – 89, penalti Milinkovich.

«Neftchi»: Abdumavlon Abdujalilov, Shukurali Po‘latov, Abror Ismoilov, Dilyorbek Ermatov (Anvar Berdiyev, 72), Andrey Sidorov, Husniddin G‘ofurov (Murodbek Bobojonov, 83), Boburbek Yuldashev, Doston Toshmatov, Shodiyor Xojimatov, Sherzod Hakimov (Abdurahmon Abdulhaqov, 59), Doston Tursunov.

«So‘g‘diyona»: Milan Mitrovich, Sardor Qulmatov, Elyor Orifov (Shohruz Norxonov, 57), Sardor Azimov (Sanjar Rashidov, 73), Siroj Meliyev, Shahboz Jo‘rabekov, Oybek Nurmatov, Milash Simonovich, Nikola Milinkovich, Nuriddin Hasanov, Nurillo To‘xtasinov (Darvidas Sernas, 62)

Ogohlantirish: Sidorov 14.

Manba: www.uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » «Qo‘qon-1912» Olmaliqda g‘alaba qozondi, «Neftchi» esa jizzaxliklarga yutqazib qo‘ydi