OkDiario nashri direktori Eduardo Inda «Real»ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan faoliyatini qayerda davom ettirishi mumkinligi haqida ma’lumot berdi.
«Yaqingacha Zidanda ikki klubdan jiddiy taklif bor edi – «Manchester Yunayted» va «PSJ»dan. Parijliklar klubi taklifini nisbatan yaxshiroq variant edi, ular unga kart-blansh taqdim etishga tayyor.
Bir necha kun oldin Zidanga uchinchi taklif kelib tushgan – «Bavariya»dan. Keyingi mavsum uchun», – degan Inda El Chiringuito dasturi efirida.
Ayni vaqtda «Bavariya»da ahvol og‘irlashgan. Yangi mavsumni yangi bosh murabbiy Niko Kovach bilan boshlagan myunxenliklar jamoasi 11 turdan keyin 5-o‘rinda bormoqda, jamoa birinchi o‘rindagi «Borussiya» Dortmunddan 7 ochko ortda qolib ketgan.
2016 yilning yanvaridan 2018 yil iyunigacha Madrid klubini boshqargan Zinedin Zidan klubi bilan 3 marta ketma-ket Chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi va bir marta Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritdi. U o‘tgan mavsum so‘ngida faoliyatida tanaffus qilishga qaror qildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi