16:31 / 14.12.2018
3 524

Ronaldu: “Yuventus” muxlislari ikkita narsani kechirmas ekan"

Ronaldu: “Yuventus” muxlislari ikkita narsani kechirmas ekan"
“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Torino”ga qarshi boʻlib oʻtadigan Turin derbisi haqida fikr bildirdi.

Bahs 15 dekabr kuni “Torino” maydonida boʻlib oʻtadi.

“Ekipirovkachilardan biri menga shunday dedi: ”Iltimos, gʻalaba qozoning“. Bilishimcha, ”Yuventus“ muxlislari ikkita narsani kechirmas ekan: ”Inter“ga magʻlub boʻlishni va ”Torino“ga yutqazib qoʻyishni. Derbi - oʻzgacha voqea, shu sababli unda gʻolib chiqishimiz kerak. Xotirjamman, chunki jamoamizning kuchidan xabarim bor. Qisqa vaqt ichida muhim oʻyinlar oʻtkazamiz” - deydi portugaliyalik.

Manba: championat.asia

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ronaldu: “Yuventus” muxlislari ikkita narsani kechirmas ekan"