00:18 / 22.01.2019
4 734

Grem Arnold: "O‘zbekiston terma jamoasi menda iliq taassurot qoldirdi"

Grem Arnold: "O‘zbekiston terma jamoasi menda iliq taassurot qoldirdi"
Avstraliya - O‘zbekiston uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Grem Arnold qatnashdi.
"Barchaga rahmat aytaman. Qiyin o‘yin bo‘ldi. O‘zbekiston terma jamoasiga ham minnatdorchilik bildiraman. Raqib qattiq himoyalandi. Ularni himoyasini yorib o‘tish juda qiyin bo‘ldi. Lekin shogirdlarim oxirgacha harakat qilishdi va penaltilar seriyasida bo‘lsa ham g‘alaba qozondik. Chorak finalga chiqqanimizdan xursandmiz.

Bugungi bahsda bizga oxirgi pas yetishmadi. O‘z navbatida O‘zbekiston ham kuchli o‘yin namoyish etdi. Metyu Rayanga alohida rahmat. U ham o‘yin paytida, ham penaltilar seriyasida yaxshi harakat qildi. Metyu Leki chaqqon futbolchi. Jarohatidan qutulib maydonga qaytdi.

O‘zbekiston menda iliq taassurot qoldirdi. Individual kuchli futbolchilar juda ko‘p ekan. Ayniqsa himoya juda kuchli o‘ynadi. Chorak finalni ham shu shaharda o‘tkazishimiz yoqmoqda. Bu shaharga moslashib bo‘ldik. Faqat o‘yindan keyingi tiklanishni amalga oshirsak bo‘lgani. Keyingi bahsda Tom Rogich maydonga tusha olmaydi. Uning sariq kartochkalari ikkita bo‘ldi. Uning o‘rnini to‘ldiradigan futbolchi topamiz.

Ertadan boshlab raqibni o‘rganishni boshlaymiz. Katta ehtimol bilan bu BAA bo‘ladi. Osiyo Kubogida jamoam yaxshi o‘ynamoqda. Bugungi o‘yin penaltilar seriyasida ham kuchli ekanligimizni ko‘rsatdi. Biz mashg‘ulotlar vaqtida penaltilar ustida alohida ishlagandik. Darvozabonlar to‘p qaytarish, futbolchilar zarba berish ustida", - deydi Grem Arnold.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Grem Arnold: "O‘zbekiston terma jamoasi menda iliq taassurot qoldirdi"