Bugun, 22 yanvar kuni Madridda «Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu ustidan sud majlisi bo‘lib o‘tdi. Futbolchi 2011 yildan 2014 yilgacha bo‘lgan muddatda moliyaviy jinoyatlarga qo‘l urganini tan oldi.
Football Italia nashri xabariga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi 23 oylik qamoq jazosiga hukm qilingan. Ammo Ispaniya qonunchiligiga ko‘ra, bu muddat 2 yildan kam bo‘lgani tufayli Ronaldu bu muddatni qamoqxonada o‘tamaydi.
Forvard shuningdek, 18,8 mln yevro miqdorida jarima to‘lashga rozi bo‘lgan. Muqaddam u Ispaniya g‘aznasiga 13,4 million yevroni qaytargandi.
Tergov ma’lumotiga ko‘ra, Ronaldu Ispaniyada, «Real» safida to‘p surganida 4 holatda soliqlarni to‘lashdan qochgan va davlatga jami 14,7 mln yevro miqdorida zarar keltirgan.
Ronaldu o‘tgan mavsumda «Real» safida turli darajadagi turnirlarda 44 uchrashuvda maydonga tushib, 44 gol urgan va 8 golga uzatma bergan. 2018 yil yozida u «Yuventus»ga transfer qilingandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi