“Real” braziliyalik himoyachi transferini eʼlon qildi

  • 14 mart 2019, 20:56
  • 1 599
  • Sport
  • “Real” braziliyalik himoyachi transferini eʼlon qildi
    “Real” “Portu” himoyachisi Eder Militao transferini eʼlon qildi.
    21 yoshli braziliyalik futbolchi bilan 2025 yilning 30 iyuniga qadar amalda boʻladigan shartnoma tuziladi. Kelishuv joriy mavsum yakunlangach, kuchga kiradi.

    AS xabariga koʻra, “Real” “Portu”ga Militao transferi uchun 50 million yevro toʻlaydi. Agar transfer shu yilning 15 iyulidan keyin amalga oshsa, narx 50 foizga koʻtarilib 75 million yevroni tashkil etishi mumkin.

    Militao joriy mavsumda “Portu” safida barcha turnirlar doirasida jami 34 oʻyinda maydonga tushib, 3 gol urgan va 2 golga hammualliflik qilgan.

    » » “Real” braziliyalik himoyachi transferini eʼlon qildi