13:57 / 19.03.2019
4 850

Oʻzbekiston milliy terma jamoasini Xitoyda qanday kutib olishdi? (foto)

Oʻzbekiston milliy terma jamoasini Xitoyda qanday kutib olishdi? (foto)
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi “China Cup-2019” musobaqasida ishtirok etish uchun Xitoyga yetib keldi.

OʻFAning xabar berishicha, jamoa aʼzolari Toshkent-Pekin-Nanning yoʻnalishi boʻylab salkam 9 soat parvozdan soʻng manzilga yetib kelishdi.



Qayd etilishicha, delegatsiyani aeroportda tashkilotchilar va mahalliy OAV xodimlari kutib olishgan. Jamoa Nanning shahridagi “Wanda REALM Resort” mehmonxonasiga joylashgan.

Bugun mahalliy vaqt bilan soat 19:00da (Toshkentda 16:00) dastlabki mashgʻulot oʻtkazilishi rejalashtirilgan.



Eslatib oʻtamiz, Ektor Kuper qoʻl ostidagi jamoa xalqaro turnirda ikkita oʻyin oʻtkazadi. Musobaqa taqvimi quyidagicha:

Yarim final
21 mart, 16:35. Xitoy – Tailand
22 mart, 16:35. Oʻzbekiston – Urugvay

25 mart
12:30. Uchinchi oʻrin uchun bahs
16:35. Final

Barcha uchrashuvlar Nanning shahrida boʻlib oʻtadi. Oʻyinlar boshlanishi Toshkent vaqti bilan koʻrsatilgan.

Oʻzbekiston terma jamoasining yigʻinga chaqirilgan futbolchilari roʻyxati
Darvozabonlar:
Akbar Toʻrayev (OKMK)
Sanjar Quvvatov (“Paxtakor”)
Javohir Ilyosov (“Lokomotiv”)

Himoyachilar:
Yegor Krimes (“Paxtakor”)
Anzur Ismoilov (“Lokomotiv”)
Dostonbek Tursunov (“Renofa Yamaguchi”, Yaponiya)
Islom Toʻxtaxoʻjayev (“Lokomotiv”)
Oleg Zoteyev (“Lokomotiv”)
Farrux Sayfiyev (“Paxtakor”)
Akmal Shorahmedov (OKMK)
Davron Hoshimov (“Lokomotiv”)

Yarimhimoyachilar:
Odil Hamrobekov (“Paxtakor”)
Odil Ahmedov (“Shanxay SIPG”, Xitoy)
Otabek Shukurov (“Sharja”, BAA)
Jaloliddin Masharipov (“Paxtakor”)
Sardor Mirzayev (“Lokomotiv”)
Dostonbek Hamdamov (“Paxtakor”)
Javohir Sidiqov (“Paxtakor”)
Ikrom Aliboyev (“Seul”, Janubiy Koreya)

Hujumchilar:
Marat Bikmayev (“Paxtakor”)
Temurxoʻja Abduxoliqov (“Lokomotiv”)
Eldor Shomurodov (“Rostov”, Rossiya)

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oʻzbekiston milliy terma jamoasini Xitoyda qanday kutib olishdi? (foto)