15:43 / 04.04.2019
2 913

Odil Hamrobekov: "Nasaf"ga qarshi men uchun hissiyotlarga boy o‘yin bo‘ladi

Odil Hamrobekov: "Nasaf"ga qarshi men uchun hissiyotlarga boy o‘yin bo‘ladi
"Paxtakor" yarim himoyachisi Odil Hamrobekov "Nasaf" bilan bo‘ladigan bellashuvdan avval klub matbuot xizmatiga o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- "Nasaf" bilan o‘yin qiziqarli o‘tadi. Ularning ikki o‘yinini ham ko‘rdim. "Dinamo" va "So‘g‘diyona"ga qarshi bahslarda muxlislarga yoqadigan futbol namoyish qilishdi. O‘yin uslubi, kombinatsiyalar uyushtirishda faol bo‘lishdi. Har bir o‘yinchida sobiq jamoasi bilan bellashuvda hissiyotlar yuzaga keladi. Bu jamoada uzoq yil faoliyat olib bordim. Men uchun ham o‘zgacha qiziqarli va hissiyotga boy o‘yin bo‘ladi deb o‘ylayman.

"Nasaf" dastlabki turlarda juda yaxshi taassurot qoldirdi. Jamoadan ko‘p futbolchi ketgan bo‘lishiga qaramay, yosh futbolchilar o‘z o‘yin uslubi, o‘zagini yo‘qotgani yo‘q. Jamoa bu yil istalgan klubga jiddiy qarshilik ko‘rsatadi va mavsum yakunida yaxshi natijaga erishadi.

"Paxtakor"ga birinchi kundanoq moslashib ketdim. Chunki futbolchilarning ba’zilari bilan terma jamoalarda, ba’zilari bilan "Nasaf"da birga o‘ynaganman. Shu sababli moslashish jarayonida qiyinchilikka duch kelmadim. Hamma bilan juda tez kirishib ketdim.

Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" va "Nasaf" o‘rtasidagi uchrashuv 5 aprel, juma kuni "Paxtakor" stadionida soat 18:00da boshlanadi.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Odil Hamrobekov: "Nasaf"ga qarshi men uchun hissiyotlarga boy o‘yin bo‘ladi