Kecha BAA chempionatida 25-tur o‘yinlari o‘tkazildi.
«Sharja» klubi o‘z maydonida «Al-Vahda» bilan o‘ynadi va 3:2 hisobida g‘alaba qozondi. Natijada, jamoa 56 ochko jamg‘arib, muddatidan oldin chempionlik unvonini qo‘lga kiritdi. Bu jamoaning o‘z tarixidagi oltinchi unvonidir.
So‘nggi tur oldidan, 2-o‘rinni egallab turgan «Shabab Al-Ahliy» klubida 53 ochko bor va yakunda jamoalarning ko‘rsatkichlari tenglashib qolishi ham mumkin. Ammo «Sharja» o‘zaro o‘yinlarda ustunlikka ega.
Qayd qilish joizki, «Sharja» tarkibida hamyurtimiz Otabek Shukurov ham chempion bo‘ldi. Ayni paytda u og‘ir jarohatini davolash bilan mashg‘ul. Shukurov bu mavsumda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.
ShARJA – AL-VAHDA 3:2
Gollar: Koronado (30, 57), Velliton (46) – Leonardo (40), Tagliabu (76) “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Diniy qo‘mita: Turli vizalar bilan Haj amallarini bajarishning imkoni yo‘q
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Liga 1. PSJ muddatidan oldin chempionlikni hal qildi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
O‘zbekistonga qarshi Indoneziyaning asosiy hujumchilaridan biri maydonga tusha olmaydi
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi