00:30 / 30.06.2019
2 653

Aziz To‘xtaboyev: "Paxtakor"ga qarshi qo‘rqmay o‘ynaganimizda yutardik"

Aziz To‘xtaboyev: "Paxtakor"ga qarshi qo‘rqmay o‘ynaganimizda yutardik"
"Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" (1:2) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida mezbonlar ustozi Aziz To‘xtaboyev ishtirok etdi.

"Paxtakor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Bugun mag‘lubiyatga loyiq emasdik. Uchrashuv tugashiga 20 soniya qolganida gol o‘tkazib yutqazib qo‘ydik.

Liga Kubogidagi o‘yin bilan bugungi o‘yinni taqqoslab bo‘lmaydi. O‘shanda "Paxtakor"ning 6-7 nafar futbolchi terma jamoada edi. Shu bois bizning yigitlarda bosim yo‘q edi. Bugun O‘zbekistonning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynadik. Uydagi o‘yinlarda yigitlarda bosim bo‘lmoqda. Agar qo‘rqmay o‘ynaganimizda yutib ham ketishimiz mumkin edi.

Bugun tarkibimizda kim yaxshi o‘ynadi? Shahboz Erkinov, gol urdi va himoyaga ham ko‘p yordam berdi.

Oldinda Liga Kubogi doirasidagi "Lokomotiv" bilan bahsda asosiy tarkib futbolchilarimizga dam beramiz. Asosan yosh futbolchilarga imkoniyat beramiz. Yoshlar mana shunday musobaqalarda o‘ynashmasa qachon o‘ynashadi?

Qo‘qonlik muxlislar biz uchun birinchi raqam! Hamisha mana shunday qo‘llab-quvvatlab turishsa keyingi o‘yinlarda xudo xohlasa g‘alaba qozonamiz", - deydi Aziz To‘xtaboyev.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Aziz To‘xtaboyev: "Paxtakor"ga qarshi qo‘rqmay o‘ynaganimizda yutardik"