12:26 / 27.07.2019
2 712

Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi ham ma’lum bo‘ldi

Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi ham ma’lum bo‘ldi
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shahram G‘iyosov (8 ta g‘alaba, 6 ta nokaut) avgust oyida o‘zining 9-jangini o‘tkazadi.

GoSport’ning xabar berishicha, 24 avgust kuni Meksikada bo‘lib o‘tadigan jangda G‘iyosovga sobiq Jahon chempioni Darlis Peres (34 ta g‘alaba, 4 ta mag‘lubiyat, 2 ta durang, 22 ta nokaut) raqiblik qiladi.

Ma’lumot uchun, 35 yoshli Peres 10 yildan buyon professional boksda faoliyat yuritib keladi. Shu paytgacha u 4 bor yutqazgan bo‘lsa, barchasida kuchli raqiblar Yuriokis Gamboa, Entoni Krolla, Lyuk Kempbell va marhum Maksim Dadashevga imkoniyatni boy bergan. U, shuningdek, super yengil vazn toifasining WBO chempionlik kamari sohibi Moris Hukerga qarshi jangda durang natija qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi marta G‘iyosov 26 aprel kuni Inglvudda bo‘lib o‘tgan boks oqshomida amerikalik Emanuel Teylorni (20 ta g‘alaba, 6 ta mag‘lubiyat, 14 ta nokaut) mag‘lubiyatga uchratib, WBA International chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosovning navbatdagi raqibi ham ma’lum bo‘ldi