20:02 / 27.07.2019
2 745

“Nasaf” Termizda “Surxon”ni taslim etdi, “Bunyodkor” esa “Dinamo”ni mag‘lub etdi

“Nasaf” Termizda “Surxon”ni taslim etdi, “Bunyodkor” esa “Dinamo”ni mag‘lub etdi
O‘zbekiston chempionatining 14-turidan o‘rin olgan ikkita uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
“Surxon” klubi o‘z maydonida “Nasaf”ni qabul qildi. Termizda bo‘lib o‘tgan o‘yinda mehmonlarning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning 1-daqiqasidayoq qarshiliklar hisobni ochishdi. G‘olib G‘aybullayev uzoq masofadan raqib darvozasini aniq nishonga oldi. 61-daqiqada Humoyun Murtazoyev burchakdan uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga aniq yo‘lladi.

85-daqiqada Abdul Aziz Yusupov hisobni qisqartirishga erishdi, biroq oradan uch daqiqa o‘tib Doniyor Narzullayev qarshiliklarning uchinchi golini urdi.

Parallel kechgan bahsda “Bunyodkor” klubi “Dinamo”ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan o‘yinda “qaldirg‘ochlar” g‘alaba qozonishdi.

Mezbonlar safida Mirjahon Mirahmadov va Xurshid G‘iyosovlar dubl qayd etishdi. Shuningdek, G‘iyosov ikkita golli uzatmaga ham muallif bo‘ldi. Mehmonlar safida Ixtiyor Toshpo‘latov ikkita gol urishga erishdi.

Cola Cola Superliga, 14-tur

“Surxon” – “Nasaf” 1:3 (0:1, 1:2)
Gollar:
0:1 - 1 G‘aybullayev, 0:2 - 61 Murtazoyev, 1:2 - 85 Yusupov, 1:3 - 88 Narzullayev.
"Surxon": Asilbek Amonov, Rahmatullo Berdimurodov (Azamat Isroilov, 59), Shoxnazar Norbekov, Shavkat Salomov (Azamat Allaniyazov, 65), Abdul Aziz Yusupov, Abrorbek Ismoilov, Vladimir Bubanya, Husniddin G‘ofurov, A’zamjon Aliyev, Darko Stanoyevich, Asror G‘ofurov (Abduqaxxor Hojiakbarov, 46).
"Nasaf": Abduvohid Ne’matov, G‘olib G‘aybullayev, Aziz G‘aniyev, Dilshod Saitov, Xumoyun Murtozayev (Oybek Bazorov, 81), Bobir Abduxoliqov, Sharof Muhiddinov, Sardor Abduraimov (Akmal Mozgovoy, 85), Islom Rashidxonov (Doniyor Narzullayev, 76), Xurshid Muxtorov, Umar Eshmurodov.
Ogohlantirishlar: Abduraimov (82)

“Bunyodkor” – “Dinamo” 4:2 (3:1, 1:1)
Gollar:
1:0 - 26 Mirahmadov, 2:0 - 40, G‘iyosov, 2:1 - 44 Toshpo‘latov, 3:1 - 45+2 G‘iyosov, 4:1 - 57 Mirahmadov, 4:2 - 75 Toshpo‘latov.
“Bunyodkor”: Murodjon Zuhurov, Anvar G‘ofurov, Dilshodbek Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov, Javohir Qahramonov (Jasurbek Jaloliddinov, 60), Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov (Dmitriy Ostrovskiy, 66), Sanjar Qodirqulov, Nurillo To‘xtasinov (Boburbek Farhodov, 83), Yevgeniy Chumak, Abdulla Abdullayev.
“Dinamo”: Botirali Ergashev, Mirkomil Loqayev, Hakimxon A’lamxonov, Akmal Xolmurodov, Jasur Azimov, Bahodir Nasimov (Damir Temirov, 66), Bobur Qosimov, Sardorbek Eminov (Amirjon Safarov, 61), Ixtiyor Toshpo‘latov, Obidjon Hakimov (Qadamboy Nurmetov, 46), Shohruhbek Abdurahmonov.
Ogohlantirishlar: Chumak (11), Qahramonov (23), Abdurahmonov (31), To‘xtasinov (31), Azimov (90+1)

Manba: Uff.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” Termizda “Surxon”ni taslim etdi, “Bunyodkor” esa “Dinamo”ni mag‘lub etdi