08:55 / 31.07.2019
2 574

Ulug‘bek Baqoyev: "Futbolda gol kiritgan jamoa yutadi"

Ulug‘bek Baqoyev: "Futbolda gol kiritgan jamoa yutadi"
Superliga 15-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "So‘g‘diyona" jamoalari o‘rtasidagi (1:2) o‘yindan so‘ng jizzaxliklar ustozi Ulug‘bek Baqoyev uchrashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Rostini aytsam, Qo‘qondagi o‘yin qiyin bo‘lishini oldindan bilgandik, chunki mezbonlarning turnir jadvalidagi o‘rnidan kelib chiqib shunday xulosa qilish mumkin edi. Kutilganidek uchrashuv murakkab tarzda kechdi. G‘alabaga osonlikcha erishganimiz yo‘q. Qo‘qonliklar bugun yaxshi o‘ynashdi. Futbolchilar maydonda borlarini berib to‘p surishdi. Raqibimiz yaratilgan vaziyatlardan foydalana olmagani bizga qo‘l keldi.

Qolaversa bunday issiq havoda to‘p tepish oson emas. Futbolchilarim yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishdi. Futbolda gol urgan jamoa yutadi. Bugungi o‘yin uchun shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. “Qo‘qon-1912” jamoasiga keyingi bahslarda omad tilayman", - deb Baqoyevning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ulug‘bek Baqoyev: "Futbolda gol kiritgan jamoa yutadi"