09:12 / 12.08.2019
2 640

"Roma" – "Real" uchrashuvi g‘olibi penaltilar seriyasida aniqlandi

"Roma" – "Real" uchrashuvi g‘olibi penaltilar seriyasida aniqlandi
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Roma» o‘z uyida «Real» bilan nazorat o‘yini o‘tkazdi.
Uchrashuvning asosiy vaqti 2:2 hisobi bilan yakunlandi. Tomonlar kelishgan holda g‘olib nomini penaltilar seriyasida aniqlashdi. Unga ko‘ra, futbol lotereyasida maydon egalari zafar quchishdi. Yagona noaniq zarbani esa «qaymoqranglilar» himoyachisi Marselo yo‘lladi.

«Roma» – «Real» – 2:2 (2:2).
Gollar:
Marselo, 16 (0:1). Perotti, 34 (1:1). Kazemiro, 38 (1:2). Djeko, 40 (2:2).
Penaltilar seriyasi: 5:4

«Roma» – Pau Lopes, Kolarov, Fasio, Juan Jezus, Florensi (Spinatssola, 63), Kristante, Pellegrini (Diavara, 62), Zanolo (Antonuchchi, 76), Jengiz Yunder, Perotti (Klyuvert, 67), Djeko (Shik, 76).

«Real» – Kurtua, Marselo, Varan, Eder Militau, Nacho (Yovich, 46), Karvaxal (Odriosola, 62), Modrich, Valverde (Vinisius Junior, 46), Kazemiro (Kroos, 62), Benzema (Beyl, 61), Azar (Isko, 71).
Ogohlantirishlar: Eder Militau, 63.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Roma" – "Real" uchrashuvi g‘olibi penaltilar seriyasida aniqlandi