13:37 / 19.08.2019
2 656

Shahram G‘iyosov: “Nasib qilsa, yurtimizga g‘alaba bilan boraman”

Shahram G‘iyosov: “Nasib qilsa, yurtimizga g‘alaba bilan boraman”
Xabaringiz bor, 24 avgust kuni (Toshkentda 25 avgust tongida) professional bokschimiz Shahram G‘iyosov Meksikada navbatdagi jangini o‘tkazadi. Mazkur bahsda hamyurtimizga sobiq jahon chempioni, kolumbiyalik Darleys Peres raqiblik qiladi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.
Ushbu jang oldidan Shahram G‘iyosov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"9-jangimga bir hafta vaqt qoldi. Nasib qilsa, chorshanba kuni murabbiy va menejerlarimiz bilan Meksikaga jo‘nab ketyapmiz. Ayni paytda translyatsiya masalasida ish olib borilmoqda. Yaqin orada bu borada yangiliklar bo‘ladi.

Tayyorgarlik juda yaxshi o‘tdi. Sparringlar bo‘ldi. Mehnatni oxirigacha qildik. Endi Xudo xohlasa ushbu mehnatning rohatini ko‘ramiz. G‘alaba qozonib, O‘zbekistonimiz bayrog‘ini ko‘taramiz.

Bu himoya jangim bo‘ladi, 10 raundga mo‘ljallangan. Raqibim juda kuchli bokschi. Ikki karra jahon chempioni, olimpiada ishtirokchisi. Jang qiziq bo‘lishi kutilmoqda. Nasib qilsa, duo qilib tursangiz yurtimizga g‘alaba bilan boraman", - dedi Shahram G‘iyosov O‘zbekiston professional boks federatsiyasi matbuot xizmatiga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Shahram ayni paytda WBA International kamari sohibi hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shahram G‘iyosov: “Nasib qilsa, yurtimizga g‘alaba bilan boraman”