13:40 / 27.08.2019
2 687

O‘zbekiston milliy jamoasi Iroq bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

O‘zbekiston milliy jamoasi Iroq bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston milliy jamoasi 9 sentyabr kuni Iroq milliy jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi.
O‘FA ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo‘lib o‘tadi.

Ektor Kuper jamoasi ertaga Toshkentda yig‘in boshlab, 23 avgust – 3 sentyabr kunlari poytaxtda mashg‘ulotlar olib boradi. JCh-2022 saralashidagi dastlabki bahs 5 sentyabr payshanba kuni Falastinga qarshi safarda, Quddusga tutash Al-Ram shahrida bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq mazkur yig‘in uchun yig‘inga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilingan edi.

Eslatib o‘tamiz, saralashning «D» guruhidan Saudiya Arabistoni, Singapur va Yaman milliy jamoalari ham o‘rin olgan. 2-tur o‘yinlari 10 sentyabrda O‘zbekistonning ishtirokisiz o‘tadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston milliy jamoasi Iroq bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi