11:59 / 15.09.2019
2 663

“Manchester Siti” APL debyutantiga yutqazib qo‘ydi (video)

“Manchester Siti” APL debyutantiga yutqazib qo‘ydi (video)
Angliya chempionatining 5-turidan o‘rin olgan “Norvich” – “Manchester Siti” uchrashuvi o‘z nihoyasiga yetdi. “Karrou Roud”da kechgan bahsda mezbonlar sensatsion g‘alabani qo‘lga kiritishdi.

Dastlab mezbonlar Maklin va Kentuellning gollaridan keyin oldinga o‘tib olishdi. Birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqasida Serxio Aguero hisobni qisqartirishga erishdi

Ikkinchi bo‘lim debyutida Teyemu Pukki mankunianlar himoyasidagi xatodan unumli foydalanib jamoasining uchinchi golini urdi. Qolgan vaqt davomida mehmonlar kuchli bosimni xosil qilishdi. 88-daqiqada Rodri Ernandesning uzoq masofada bergan zarbasi golga aylandi. Biroq qolgan vaqt hisobni tenglashtirish uchun yetmadi.

Shu tariqa, “Man Siti” mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi va peshqadam “Liverpul”dan besh ochko ortda qolmoqda.

Norvich – Manchester Siti 3:2 (2:1, 1:0)
Gollar:
1:0 – 18 Maklin, 2:0 – 28 Kentuell, 2:1 – 45 Aguero, 3:1 – 50 Pukki, 3:2 – 88 Rodri Ernandes.
Norvich – Krul, Godfri, Bayrem, Lyuis, Amadu, Kentuell, Maklin, Shtipermann (Srbenы, 89), Tetti, Buendia (Drmich, 83), Pukki.
Manchester Siti – Ederson, Zinchenko, Otamendi, Stounz, Uoker, Rodri Ernandes, Silva (Gabriel Jezus, 57), Bernardu Silva (Marez, 73), Gyundogan (de Bryuyne, 57), Sterling, Aguero.
Ogohlantirishlar: Bayrem (45), Maklin (64), Bernardu Silva (69), Kentuell (87).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Manchester Siti” APL debyutantiga yutqazib qo‘ydi (video)