21:43 / 18.09.2019
2 931

O‘zbekiston U-16 OCh-2020 saralash bosqichining ilk turida Bahraynni mag‘lub etdi

O‘zbekiston U-16 OCh-2020 saralash bosqichining ilk turida Bahraynni mag‘lub etdi
U-16 Osiyo chempionati-2020 saralashi 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Bahrayn terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi. JAR stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda hamyurtlarimizning qo‘li baland keldi.

Uchrashuvning 17-daqiqasida Rian Islomov mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, birinchi bo‘lim yakunlanishi arafasida Sayid Mahmud Almosavi muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim debyutida vakillarimiz bir kishi kam bo‘lib qolishdi: Shahzod Akromov maydondan chetlatildi.

Biroq shundan keyin ham Azamat Abduraimov shogirdlari hujumlarni kamaytirishmadi va 69-daqiqada Mirkomil Abdurazzoqov jamoaning ikkinchi golini urdi. Hakam tomonidan qo‘shib berilgan vaqtda Rustam Turdimurodov o‘yinga nuqta qo‘ygan golga muallif bo‘ldi.

Shu tariqa, O‘zbekiston U-16 saralash bosqichini g‘alaba bilan boshladi.

U-16 Osiyo chempionati-2020 saralashi

O‘zbekiston U-16 – Bahrayn U-16 3:1
Gollar:
1:0 – 17 Rian Islomov, 1:1 – 43 Sayid Maxmud Almosavi, 2:1 – 69 Mirkomil Abdurazzoqov, 3:1 90+6 Rustam Turdimurodov.
O‘zbekiston U-16: 12. Beknur Parmanov 2. Vazgen Pogosyan 3. Mirkamol Abdurazzoqov 5. Kirill Todorov 4. Tohir To‘xtasinov 8. Rian Islamov 6. Abduqodir Xusanov 7. Alisher Xayrullayev 17. Nodir Abdurazzoqov 9. Oblayor Raxmatov 10. Rustam Turdimurodov
Zaxira: Asrorbek Kenjayev, Shaxzod Akramov, Azizjon Toshkenboyev, Elyor Yo‘lbaros, Diyorbek Inomov, Muxriddin Pazildinov, Sunnatilla Poyonov, Po‘latjon Jumaxanov, Asadbek Beglarxanov, Xusanjon Mahmudov, Aleksandr, Zevadinov, Sardor Xojiboyev.

Bahrayn U-16: 1. Muhammad Jafar 2. Mahmud Ali 4. Talal Alhindavi 5. Said Almosavi 7. Yusuf Alzakri 9. Ali Al Dosari (S) 11. Ali Tarada 13. Muhammad Ahmad 14. Hasan Albaqari 20. Ammar Ali 23. Yusuf Alxaddar.
Zaxira: Ali Habib, Ali Sanad, Salman Amin, Jasim Al Romaihi, Ali Albuzaid, Muhammad Xilol, Husayn Matar, Husayn Xamis, Ali Abdulnabi, Muhammad Ali, Ahmed Ibrohim, Abdulla Ali.

Chetlatish: Shahzod Akromov 50.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston U-16 OCh-2020 saralash bosqichining ilk turida Bahraynni mag‘lub etdi