10:53 / 25.09.2019
3 194

Andijon viloyati hokimi "O‘zbek Kanelosi"ga qanday imtiyoz bermoqchi?

Andijon viloyati hokimi "O‘zbek Kanelosi"ga qanday imtiyoz bermoqchi?
7- sentyabr kuni "O‘zbek Kanelosi" nomi bilan mashhur professional bokschimiz Husniddin Po‘latov 66 kg vazn toifasida navbatdagi WBA Asia chempionlik kamarini qo‘lga kiritgan edi. U o‘shanda janubiy koreyalik In Duk Seoni mag‘lubiyatga uchrata olgandi. Bunga qadar hamyurtimiz 69 kg vaznda ham ushbu kamarni qo‘lga kiritib ulgurgan edi.

Ushbu bokschimiz muvaffaqiyatlaridan xabar topgan Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov Xusniddin Po‘latov bilan uchrashib, unga kelgusi janglarida ham omad yor bo‘lishini tiladi. O‘z o‘rnida "O‘zbek Kanelosi"ni Andijon Davlat Universtitetiga imtiyozli tarzda o‘qishga qabul qilinishi borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz: Husniddin Po‘latov Andijon viloyati Paxtaobod tumani, Madaniyat qishlog‘ida tavallud topgan bo‘lib, Andijon Olimpiya zahiralari kollejini tamomlagan.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Andijon viloyati hokimi "O‘zbek Kanelosi"ga qanday imtiyoz bermoqchi?