12:25 / 26.09.2019
2 562

Rasmiy xabar: Tachmurod Agamurodov - “Dinamo” bosh murabbiyi

Rasmiy xabar: Tachmurod Agamurodov - “Dinamo” bosh murabbiyi
Xabaringiz bor, chorshanba kuni “Dinamo” klubi murabbiylar shtabida oʻzgarish yuz berdi.
Jamoaning Superliga ikkinchi davrasidagi muvaffaqiyatsiz natijalari bois, bosh murabbiyi Davron Fayziyev oʻz arizasiga binoan, lavozimidan ozod etildi.

Oldinroq xabar berilganidek, klub bir qator murabbiylar bilan muzokara olib bordi va bosh murabbiy borasida yakuniy toʻxtamga keldi.
25-sentyabr kuni Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol assotsiatsiyasi prezidenti Erkinjon Turdimov bilan oʻzaro uchrashuvdan keyin tajribali mutaxassis Tachmurod Agamurodov “Dinamo” bosh murabbiyi etib tayinlandi.

Shu kuni “Dinamo” futbol klubi qarorgohida yigʻilish oʻtkazilib, unda klub homiylari va rahbariyati ishtirok etdi. Tadbirda jamoa futbolchilariga bosh murabbiy sifatida Tachmurod Agamurodov tanishtirildi.

Yangi bosh murabbiy bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzolanib, Tachmurod Agamurodov oldiga “Dinamo” jamoasini Superligada olib qolish vazifasi yuklandi. Ushbu vazifa bajarilsa, bosh murabbiy bilan shartnoma uzaytiriladi.

Maʼlumot uchun, turkmanistonlik tajribali murabbiy 2007 va 2014-yilgi mavsumlarda ham “Dinamo” jamoasida faoliyat olib borgan edi.

“Dinamo” PFK matbuot xizmati.

Manba: fcdinamo.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Rasmiy xabar: Tachmurod Agamurodov - “Dinamo” bosh murabbiyi