21:54 / 28.09.2019
2 380

Menni Pakiyao Amir Xonga qarshi jang qilishi mumkin

Menni Pakiyao Amir Xonga qarshi jang qilishi mumkin
Foto: Yandex Photos
Boks bo‘yicha yarim o‘rta vazn toifasida WBA chempioni Menni Pakiyao 2020 yil Birlashgan Arab Amirliklarida birinchi yarim-o‘rta vazn sobiq chempioni Amir Xonga qarshi jang o‘tkazishi mumkin.

«Men keyingi yili BAAda jang o‘tkazishni reja qilyapman.
Buning uchun yaxshi raqib topish zarur. Amir Xon men bilan kurashishni istamoqda. Biz bu haqda o‘ylab ko‘ramiz. Bu yaxshi jang bo‘lardi»
, — deydi Pakiyao.

Eslatib o‘tamiz, 40 yoshli filippinlik bokschi o‘zining so‘nggi jangida yarim-o‘rta vazn sobiq chempioni Kit Turmanni mag‘lub etgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Menni Pakiyao Amir Xonga qarshi jang qilishi mumkin