18:48 / 10.10.2019
2 290

Xurshidbek Tojiboyev filippinlik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

Xurshidbek Tojiboyev filippinlik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi
Professional boksda faoliyat yuritayotgan yana bir hamyurtimiz, Rio Olimpiadasi ishtirokchisi Xurshidbek Tojiboyev navbatdagi jangini 12 oktyabr kuni o‘tkazadi. U Qozog‘istonda tashkil etiladigan boks oqshomida ringga ko‘tariladi.

Unga filippinlik Ivor Lastrilla raqiblik qiladi. Filippinlik charmqo‘lqop ustasi profi ringda 19 ta jang o‘tkazib, ularning 7 tasida g‘alaba qozongan. 11 bora mag‘lubiyatga uchrab, bir bora durang qayd etgan. Ushbu jang reyting maqomida bo‘lib, 8 raunddan iborat bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz: Xurshidbek profi ringda 2 ta jang o‘tkazib, ularda g‘alaba qozona olgan. Mazkur jang faoliyatidagi uchinchisi bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xurshidbek Tojiboyev filippinlik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi