Kecha O‘zbekiston terma jamoasi JCh-2022 hamda Osiyo Kubogi 2023 qo‘shma saralash bosqichi doirasida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Uchrashuvda milliy jamoamiz 2:1 hisobida oldinda borayotib yakunda tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi va o‘yin so‘nggida qo‘yib yuborilgan gollar mag‘lubiyatga sabab bo‘ldi.
O‘yindan keyin ba’zi jurnalistlar va muxlislar mag‘lubiyatga sababchi bo‘lgan uchinchi gol yuzasidan terma jamoamiz darvozaboni Eldor Suyunovning harakatlarini tanqid ostiga olishdi.
Shu munosabat bilan mazkur holat va umuman darvozabonimiz Eldor Suyunovning mazkur bellashuvdagi harakatlari yuzasidan ekspert fikri bilan qiziqdik.
O‘zbek futboli tarixida darvozabonlar orasidan yil futbolchisiga aylangan afsonaviy Pavel Bugalo Eldorbek Suyunovning harakatlarini mutaxassis sifatida baholadi.
- "Eldorbek Suyunov kecha yomon o‘yin o‘tkazmadi. Birinchi gol penalti orqali urildi. Ikkinchisi rikoshet. Bu darvozabonlar uchun juda noqulay hamda qiyin holat. Uchinchi golga keladigan bo‘lsak, Suyunov o‘sha vaziyat uchun darvozabonlar uchun kerakli pozitsiyani egallab, vaziyatni to‘g‘ri baholagandi. Bilasizmi, bu yerda ijro mahorati mukammal bo‘ldi. Futbolchi himoyachilar ta’qibidan qochdi va yuqori uzoq burchak taraf to‘pni tepdi. Ijro esa kutilganidan ham a’lo chiqdi.
Suyunov o‘sha vaziyatda yaqin burchakni yopmasdan, o‘rtaroq yoki uzoq burchakni yopib turganda, birinchidan xato qilgan bo‘lardi va yaqin burchakka yo‘naltiriladigan zarbani to‘solmasdi. Chunki imkoni bo‘lmasdi. Qaytaraman, uchinchi gol darvozabonni xatosi emas, balki ijro mahorati tufayli urildi. Himoyachilar nega unga zarba berishga yo‘l qo‘yib berishgani haqida savol o‘rtaga chiqqani ma’qulroq. Qolgan ko‘plab vaziyatlarda esa Suyunov darvozabon sifatida to‘g‘ri o‘ynadi va xavfni bartaraf etdi", - deydi Pavel Bugalo.
Eslatib o‘tamiz, kechagi bahsda O‘zbekiston terma jamoasi raqib darvozasi tomon jami 4 marotaba, Saudiya Arabistoni esa darvozamiz tomon 7 bor aniq zarba yo‘lladi. Eldorbek Suyunov esa terma jamoamiz futbolchilari orasidan eng katta ball (6,2) olgan beshinchi futbolchiga aylandi. Gol urgan Shomurodov va Shukurov hamda qanot vingerlari Hamdamov bilan Masharipov o‘yinda 4 marotaba seyv amalga oshirgan Suyunovdan nisbatan ko‘proq ballga loyiq ko‘rildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Rossiya hududlari dronlar hujumi haqida xabar berdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi