20:06 / 08.12.2019
2 525

Olga Zabelinskaya oʻzbek sportidagi tarixiy natijaga erishdi

Olga Zabelinskaya oʻzbek sportidagi tarixiy natijaga erishdi
Foto: MOQ
Yangi Zelandiyaning Kembrij shahrida velosport boʻyicha oʻtayotgan Jahon kubogida oʻzbekistonlik Olga Zabelinskaya oʻzbek sportida tarixiy natijaga erishdi. Sportchi skretch yoʻnalishi boʻyicha kumush medalni qoʻlga kiritdi va oʻz hisobiga Tokio Olimpiadasi uchun 450 reyting ochkoni yozdirib qoʻydi.

Qayd etish joiz, Zabelinskaya avvalroq 2020-yilgi Olimpiadaga yoʻllanmani qoʻlga kiritgandi. Bundan tashqari, u oʻzbek sporti tarixida velosport boʻyicha Jahon kubogida ishtirok etgan ilk ayol boʻldi.
Velosportning ushbu yoʻnalishidagi gʻalabaga Yangi Zelandiya vakilasi Xolli Edmonstond erishdi. 3-oʻrinni irlandiyalik Lidia Gurley egalladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Olga Zabelinskaya oʻzbek sportidagi tarixiy natijaga erishdi