21:58 / 21.12.2019
2 544

Entoni Joshuaning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum qilindi

Entoni Joshuaning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum qilindi
Foto: The Sun
Og‘ir vaznda WBA, IBF, WBO kamarlari sohibi Entoni Joshua (23-1-0, 21 KO) 2020 yil aprelida navbatdagi jangini o‘tkazadi. Bu haqda bokschining promouteri Eddi Hirn ma’lum qildi.

Hirnning so‘zlariga ko‘ra, Joshua IBF yo‘nalishida majburiy da’vogar Kubrat Pulevga (28-1-0, 14 KO) qarshi jang olib boradi.

Bundan tashqari, Hirn Entonining Aleksandr Usikka qarshi ringga ko‘tarilishi mumkinligini ham qo‘shimcha qilib, og‘ir vaznda mutlaq chempion bo‘lish uchun Deontey Uaylder—Tayson Fyuri revansh jangi g‘olibi bilan ham to‘qnashishga tayyor ekanligini aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Entoni Joshuaning navbatdagi jangi qachon bo‘lishi ma’lum qilindi