date

Zokir Ochildiyev: Bolani pul topishga emas, shukronalikka o‘rgatish kerak

Zokir Ochildiyev: Bolani pul topishga emas, shukronalikka o‘rgatish kerak

Qiziqchi va so‘z ustasi Zokir Ochildiyev bergan intervyularidan birida farzand tarbiyasi haqida fikr bildirib, bolalarga eng avvalo shukronalikni o‘rgatish muhimligini ta’kidladi.

Uning aytishicha, bolani faqat ko‘p pul topishga o‘rgatish to‘g‘ri emas. Eng muhimi — inson qalbida shukronalik tuyg‘usini shakllantirishdir.

So‘z ustasi bu haqda shunday dedi:

«Bolalarni ko‘p pul topishga o‘rgatishimiz shart emas. Eng avvalo ularni shukronalikka o‘rgatishimiz kerak. Agar bolaga ko‘p pul topishni o‘rgatib, lekin qalbiga shukronalikni joylay olmasak, u kuniga 100 dollar topsa ham qanoat qilmaydi. Xotirjam dam ololmaydi, hayotdan zavq olmaydi.

Kuniga 1000 dollar topsa ham 2000 dollar topadiganlarga qarab havas qiladi. 10 ming dollar topsa ham, 100 ming dollar topadiganlar haqida eshitib, yana bezovta bo‘ladi. Qachonki inson qalbida shukronalik bo‘lmasa, u haqiqiy boy ham, baxtli ham bo‘la olmaydi.

Agar qalbida shukronalik bo‘lsa, u yarim kosa ovqatdan ham rohat topa oladi».

Mazkur fikr ijtimoiy tarmoqlarda ham keng muhokamaga sabab bo‘ldi. Izohlarda ko‘plab foydalanuvchilar Zokir Ochildiyevning bu fikriga qo‘shilishlarini bildirib, farzand tarbiyasida aynan shukronalik tuyg‘usini singdirish juda muhim ekanini ta’kidlashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Zokir Ochildiyev: Bolani pul topishga emas, shukronalikka o‘rgatish kerak