date

"Yuventus" safarda "Udineze"ni mag‘lub etib turnirda yuqoriladi (video)

"Yuventus" safarda "Udineze"ni mag‘lub etib turnirda yuqoriladi (video)

Italiya A Seriyasining 29-turida «Yuventus» safarda «Udineze» jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahsda turinliklar minimal hisobda g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.

Uchrashuv taqdirini hal qilgan yagona gol 38-daqiqada kiritildi. Jeremi Boga raqib himoyachilaridan ustun kelib, aniq zarba bilan to‘pni darvoza to‘riga joyladi va jamoasini oldinga olib chiqdi. Shu tariqa birinchi bo‘limdayoq «Yuventus» ustunlikni qo‘lga oldi.

Ikkinchi bo‘limda ham turinliklar bir necha bor xavfli hujumlar uyushtirdi. Jumladan, Fransishku Konseysau gol urgan bo‘lsa-da, hakamlar ushbu epizodni tekshirib, golni hisobga olmadi. Shunga qaramay, «zebralar» hisobni saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi.

Yakunda 1:0 hisobidagi g‘alaba «Yuventus»ga turnir jadvalidagi o‘rnini yaxshilash imkonini berdi. Turin klubi ochkolari sonini 53 taga yetkazib, 4-pog‘onaga ko‘tarildi. «Udineze» esa 36 ochko bilan hozircha 11-o‘rinda qolmoqda.

A Seriya. 29-tur

Udineze — Yuventus 0:1

Gol: Boga 38.

Yuventus: Perin, Kalulu, Bremer, Kelli, Makkenni, Lokatelli, Tyuram, Kambyazo, Konseysau (Miretti, 79), Boga (Gatti, 79), Yildiz (Kostich, 90+2).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Yuventus" safarda "Udineze"ni mag‘lub etib turnirda yuqoriladi (video)