date

"Arsenal" so‘nggi daqiqalarda gol urib "Everton"ni mag‘lub etdi (video)

"Arsenal" so‘nggi daqiqalarda gol urib "Everton"ni mag‘lub etdi (video)

Angliya Premer-ligasining 30-turida «Arsenal» o‘z maydonida «Everton» jamoasini qabul qildi. «Emireyts» stadionida bo‘lib o‘tgan ushbu bahs ancha dramatik va keskin kurashlarga boy kechdi. Mezbonlar g‘alabaga juda yaqin kelgan bo‘lsa-da, gollar faqat uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida kiritildi.

O‘yin davomida «to‘pchilar» raqib darvozasi oldida ko‘plab hujumlar uyushtirdi, ammo «Everton» himoyachilari va darvozabon Jordan Pikford bir necha bor xavfli vaziyatlarni bartaraf etdi. Biroq bahsning 89-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan shvetsiyalik hujumchi Viktor Gyokeresh o‘z imkoniyatidan unumli foydalanib, jamoasi uchun juda muhim golni kiritdi.

Ushbu goldan keyin mehmonlar oldinga chiqib, hisobni tenglashtirishga harakat qildi. Ammo qo‘shimcha vaqtda Maks Douman raqib darvozasini yana bir bor ishg‘ol qildi va 90+7-daqiqada ikkinchi golni urdi. Shu tariqa, «Arsenal» bahsni 2:0 hisobida o‘z foydasiga hal qildi.

Bu g‘alaba Mikel Arteta boshqarayotgan jamoaga turnir jadvalidagi yetakchilikni yanada mustahkamlash imkonini berdi. Hozirda «Arsenal» 31 o‘yindan keyin 70 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda. Bir o‘yin kam o‘tkazgan «Manchester Siti» esa 61 ochko bilan ta’qibni davom ettirmoqda.

APL. 30-tur

Arsenal — Everton 2:0

Gollar: Gyokeresh 89, Douman 90+7.

Arsenal: Rayya, Timber (Moskera, 38), Saliba, Gabriel, Kalafiori, Rays, Subimendi (Douman, 74), Eze, Saka, Madueke (Martinelli, 61), Xavers (Gyokeresh, 61).

Everton: Pikford, Garner, O’Brayn, Kin, Mikolenko, Gana, Ayrogbunam, Maknil (Armstrong, 86), Dyuzberi-Holl, Ndiay, Bet-u (Barri, 69).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Arsenal" so‘nggi daqiqalarda gol urib "Everton"ni mag‘lub etdi (video)