date

Xonzoda 27 yoshini xayrli amal bilan qarshi oldi (video)

Xonzoda 27 yoshini xayrli amal bilan qarshi oldi (video)

Aktrisa va bloger Xonzoda 27 yoshni qarshi olganini o‘zining Instagram sahifasiga joylagan video orqali ma’lum qildi. U post ostida shunday yozib qoldirgan:

«Men 27 yoshga to‘ldim va an’anamni davom ettiryapman. Har tug‘ilgan kunimda ehson qilaman deb va’da bergan edim».

Videoda Xonzoda bolalar bilan birga quvonchli damlarni o‘tkazgani aks etgan. U bolalar bilan birga sham o‘chirib, tort kesgan, ularga sovg‘alar ulashgan va bolalarning quvonchiga sherik bo‘lib, birgalikda o‘yin-kulgu qilgan.

Mazkur post ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan iliq kutib olindi. Izohlarda ko‘pchilik Xonzodani tug‘ilgan kuni bilan tabriklab, samimiy tilaklar bildirgan. Shuningdek, ayrimlar bu kabi an’ana barchaga o‘rnak bo‘lishini, katta bazmlar o‘tkazish o‘rniga ehson qilish ham yaxshi tashabbus ekanini ta’kidlashgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Xonzoda 27 yoshini xayrli amal bilan qarshi oldi (video)