07:30 / 24.02.2020
3 031

Oston O‘runov "Ufa" bilan Rafael Benites jamoasini mag‘lub qildi

Oston O‘runov "Ufa" bilan Rafael Benites jamoasini mag‘lub qildi
"Ufa" futbol klubi Ispaniya yig‘ini doirasidagi so‘nggi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
"Ufa"ga Rafael Benites boshchiligidagi "Dalyan Ifan" klubi raqiblik qildi. O‘yin "Ufa"ning to‘liq ustunligi ostida o‘tdi va yakunda ruslarning qo‘li baland keldi - 4:1. Daniil Fomin va Lovro Bizyakning dubliga xitoyliklar bir bor javob qaytarishdi. Uchrashuvni zahira o‘rindig‘ida boshlagan Oston O‘runov 33-daqiqada maydonga tushirildi va hakamning yakuniy hushtagi chalinguniga qadar to‘p tepdi.

Ispaniya yig‘inidan qaytgan "Ufa" Krasnodarga safar qilib, 1 mart kuni RPL 20-turi doirasida mazkur shahar jamoasi bilan bellashadi.

«Ufa» (Ufa, Rossiya) – «Dalyan Ifan» (Dalyan, Kitay) – 4:1 (2:0).
Gollar:
Fomin (1:0, 10), Bizyak (2:0, 41), Fomin (3:0, 58), Bizyak (4:0, 61).

FK «Ufa»: Belenov - Suxov (Terentev, 81), Nedelcharu, Tabidze (Putsko, 85), Yokich, Aliyev - Karp (Urunov, 33), Fomin, Till - Krotov (Agalarov, 79), Bizyak (Vombergar, 72).

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Oston O‘runov "Ufa" bilan Rafael Benites jamoasini mag‘lub qildi