AQShning yirik texnologik korporasiyalari Oq uy bilan birga qochqinlarga yordam berish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirdilar, deb yozmoqda "Kun" nashri.
Xususan, Google kompaniyasi 10 ming livanlik bolaga bepul ta’lim beruvchi nodavlat tashkilotlari uchun texnik mutaxassislarini moliyalashga va kreditlashga va’da berdi. Bundan tashqari, korporasiya evropalik qochqinlar uchun umumiy qiymati 5,3 mln dollar bo‘lgan Chromebook noutbuklarini xayriya qildi.
"Feysbuk" rahbariyati Gresiya bo‘ylab 35 ta hududda bepul Wi-Fi-ulanishni ta’minlashni rejalashtirmoqda va qochqinlar lagerlariga internetga bepul kirishni taqdim qilish uchun BMT bilan hamkorlikni davom ettiradi. Ijtimoiy tarmoq, shuningdek, muhojirlarga yordam beruvchi jamoatchilik tashkilotlariga mablag‘ yig‘ib beradi. Bundan tashqari, kompaniya qochqinlar o‘zlarining texnik va tadbirkorlik malakalarini rivojlantira oladigan innovasion markaz qurmoqchi.
HP Inc. ham Livan va Iordaniyada kattalar va bolalar uchun 6 ta qochqinlarni o‘qitish markazi qurishni rejalashtirmoqda.
Bu kompaniyalardan tashqari, muhojirlarga yordam berishda Twitter, Coursera6 Zynga, Uber, LinkedIn, IBM va TripAdvisor kompaniyalari ham ishtirok etmoqchi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi