Tayvanning ASUS kompaniyasi o‘rtacha narx segmentiga mansub 14 dyuymli VivoBook Max X441 noutbukini namoyish qildi. Model uy va ofisda kundalik ishlarni bajarishga mo‘ljallangan, mobil va ixcham. Gadjet turli konfigurasiya va ranglarda ishlab chiqariladi.
ASUS VivoBook Max X441 qurilmasiga Intel’ning eng sodda Celeron chipidan boshlab ettinchi avloddagi ilg‘or Core i7 (Kaby Lake arxitekturasi) prosessorilari, shuningdek, 2 GB videoxotiraga ega NVIDIA GeForce 930MX grafikasi o‘rnatiladi. Noutbukka 16 Gbgacha bo‘lgan DDR4 operativ xotira, 2 TB vinchester joylanishi mumkin. Ekran konfigurasiyaga qarab HD yoki Full HD aniqligida bo‘ladi.
Gadjetning gabaritlari 348 x 242,8 x 27,6 mm, og‘irligi 1,75 kilogramm. Besh xil rangda sotuvga chiqariladi. Hozircha modelning narxi to‘g‘risida ma’lumot berilmagan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi