Shu yilning beshinchi oktyabr sanasida AQShning Google kompaniyasi Pixel va Pixel XL smartfonlarini namoyish kilgan edi. Ushbu smartfonlar Nexus seriyasidagi qurilmalardan kuchli texnik parametrlar va nisbatan qimmatroq narxi bilan farqlanib turadi. Garchi Google dasturiy ta’minot borasida etarli tajribaga ega bo‘lsa-da, o‘tgan 3 oy mobaynida yangi Pixel smartfonlariga doir bir nechta nosozlik holatlari qayd etildi, deya yozadi Terabayt.uz sayti.
Agar bundan avvalroq smartfonlar avtomobilga Bluetooth orqali yaxshi ulanmasligi va ularning biridagi kamerada xiralik paydo bo‘lgani haqida xabar berilgan bo‘lsa, yaqinda har ikkala modeldagi dinamiklarda kuzatilgan nosozlik to‘g‘risida ham ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi. Bu hali hammasi emas. Internetdagi ushbu smartfonlar uchun yaratilgan maxsus forumda bir qator foydalanuvchilar Google Pixel’ning qotib qolishidan shikoyat qilishgan. Bunday holat smartfonda bir necha soniyadan bir daqiqagacha davom etishi mumkin ekan.
Hozircha bunday nosozlik nima sababli sodir bo‘layotgani noma’lum. Taxminlarga ko‘ra, bu tashqi ilovalar ta’sirida yoki apparat bilan nosozlik tufayli yuzaga kelayotgan bo‘lishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi