OAV Samsung Electronics’ning ta’mirlangan Galaxy Note 7 smartfonlarini rivojlanayotgan bozorlarda sotish rejalaridan xabar topdi, deb yozadi "Daryo" nashri. Qaytarib olingan qurilmalarning akkumulyatorlari almashtiriladi, smartfonlarning yonib ketish hollariga aynan ular sababchi bo‘lgan edi.
Janubiy Koreyaning Hankyung nashri ma’lum qilishicha, smartfonlarning qaytarib olinishi natijasida kompaniyaga etgan zararni minimallashtirish va elektronikaning katta partiyasini tabiatga zarar etkazmagan holda utilizasiya qilishga katta mablag‘ xarjlashdan qochish uchun 2017 yil iyunida Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7’larni sotishni boshlaydi.
Ta’mirlangan telefonlarda yangi batareyalar paydo bo‘ladi, ularning sig‘imi 3000 dan 3200 mA/soatgacha bo‘ladi («yonuvchan» akkumulyatorlar sig‘imi 3500 mA/soat edi). Korpuslar ham almashtiriladi, qolgan butlovchi qismlar o‘z holicha qoladi.
Qurilmalar may oyida ta’mirlash jarayonidan o‘tadi, shundan so‘ng asosan Hindiston, Vetnam va boshqa rivojlanayotgan mintaqalarga yuboriladi. Samsung ta’mirlangan Galaxy Note 7’larni Galaxy Note 8 chiqishidan oldin Janubiy Koreyada ham chiqarishi mumkin.
Samsung jahon bozoriga 3 millionta nuqsonli Galaxy Note 7 smartfonlarini etkazib berdi, ularning katta qismi (98 foizga yaqini) kompaniyaga qaytarildi. Taxminan 200 mingta qurilma ishlab chiqaruvchi tomonidan o‘z-o‘zidan yonib ketish sabablarini o‘rganish uchun foydalanildi, 2,5 millionta qurilma esa kutish rejimida qoldi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi