2017 yilda elektr dvigatelli avtomobillar savdosi 2016 yilgiga nisbatan 57 foizga oshdi hamda 1,2 mln donaga yetdi va bu yangi rekord natija hisoblanadi.
Elektrokarlar savdosi bo‘yicha qatorasiga 2-marta Xitoy yetakchilik qilmoqda. Bu yerda o‘tgan yil elektromobillar savdosi 72 foizga o‘sib, 602 ming donaga yetgan. Yevropa Ittifoqida 2017 yilda 307 mingta (2016 yilga nisbatan 38 foiz ko‘proq), AQShda esa 200 mingtaga yaqin (2016 yilga nisbatan 27 foiz ko‘proq) elektrokar sotilgan.
Elektrokarlar bozori o‘sishining eng yuqori sur’atlarini quyidagi davlatlar namoyish qilgan:
Islandiya (+248%);
Sloveniya (+166%);
Yaponiya (+149%);
Portugaliya (+126%).
Prognozlarga ko‘ra, agar elektrokarlar bozori o‘sish sur’ati shunday saqlanib qolsa, 2018 yilda 1,9 mln taga yaqin elektromobil va plagin-gibridlar sotiladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi